1-kuplet Bugun yana Sizni esladim, opajon, Bolali
О песне «1-kuplet Bugun yana Sizni esladim, opajon, Bolali»
Песня «1-kuplet Bugun yana Sizni esladim, opajon, Bolali» создана пользователем Bitlo с помощью искусственного интеллекта Bitlo. Создано: 2026.
- Название
- 1-kuplet Bugun yana Sizni esladim, opajon, Bolali
- Артист
- Артист Bitlo
- Создано
- 18.07.2026
- Лайки
- 0
- Создано с помощью
- Нейросети Bitlo (музыка, текст, вокал)
«1-kuplet Bugun yana Sizni esladim, opajon, Bolali» — песня с женским вокалом, которую пользователь Bitlo создал в онлайн-студии с помощью нейросети.
Ключевые слова песни: bugun, sizni, qilsin, faqat.
Песня начинается со строки «1-kuplet». В тексте 55 строк.
Другие песни этого автора на Bitlo: «1-kuplet Bugun yana Sizni esladim, opajon, Bolali...».
Трек опубликован в июле 2026 года.
Исполнитель
Артист Bitlo
Нейроартист Bitlo
Страница артиста Артист Bitlo →Текст песни «1-kuplet Bugun yana Sizni esladim, opajon, Bolali»
1-kuplet
Bugun yana Sizni esladim, opajon,
Bolaligimning eng yorug‘ xotirasi Siz.
Qo‘limdan ushlab hayotga boshladingiz,
Har bir qadamimga ishonch bergan Siz.
Ilm izlab uzoqlarga ketdingiz,
Turkiya, so‘ng Yevropa yo‘llariga.
Ammo qalbingiz doim men bilan edi,
Mehringiz yetib keldi har kun yonimga.
Naqarot
Munisa opam…
Siz mening faxrim, g‘ururimsiz.
Ikkinchi onamdek mehribonimsiz.
Siz kulganingizda dunyo yorishadi,
Siz bor joyda qalblar quvonadi.
Bolaligimizdagi ertak esimda,
Siz — Elza, men esa Anna edim.
Bugun oramizda minglab chaqirim bo‘lsa ham,
Mehrimiz hech qachon uzoqlashmaydi.
2-kuplet
Turk tilini birinchi Siz o‘rgatdingiz,
Hayot darslarini ham Siz berdingiz.
Har safar yo‘limni yo‘qotsam,
“Harakat qil, qo‘rqma”, deb dalda berdingiz.
Bilmagan savolim bo‘lsa hayotda,
Javobini doim Sizdan topaman.
Go‘yo cheksiz bilim ummonisiz,
Qaysi mavzu bo‘lsa ham hayron qoldirasiz.
Menga har doim yo‘l ko‘rsatdingiz,
Orzularim sari dadil yurishni o‘rgatdingiz.
Sizning har bir nasihatingiz
Bugun ham qalbimda yashaydi.
Ko‘prik
Uyimizning quvonchi ham Siz edingiz,
Xuddi “Inside Out”dagi Quvonch kabi.
Siz bilan kulgi hech tugamasdi,
Har bir suhbatimiz bayramdek o‘tardi.
Bugun uzoqdasiz…
Ammo qalbimda har kuni yonimdasisiz.
Masofa faqat xaritada bor,
Mehr esa qalblarni doim bog‘laydi.
Yakuniy naqarot
Munisa opam, bugun yigirma olti yoshdasiz.
Alloh umringizni uzoq, rizqingizni keng qilsin.
Ilmingizni yanada ziyoda qilsin.
Yuragingizdagi barcha ezgu niyatlarni ijobat qilsin.
Turmushingizga fayz va baraka bersin.
Sizni va kuyovingizni doimo baxtli qilsin.
Kulgingiz hech qachon so‘nmasin,
Ko‘zlaringiz faqat quvonchdan yoshlansin.
Men Sizni juda-juda yaxshi ko‘raman, opajon.
Tug‘ilgan kuningiz muborak bo‘lsin!
Siz men uchun faqat opa emassiz…
Siz mening ustozimsiz, ilhomimsiz, yo‘l ko‘rsatuvchim, eng yaqin dugonam va qalbimning bir bo‘lagisiz.
Alloh Sizni doimo O‘z panohida asrasin. 🤍